Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar koinotda yuz bergan yirik falokat izlarini aniqladilar

Olimlar koinotda yuz bergan yirik falokat izlarini aniqladilar

AQShdagi Rensselayer politexnika instituti olimlari uch milliard yil oldin Somon Yo‘lining mitti galaktika bilan to‘qnashuvining izlarini topdilar. Yangi ma’lumotlarni hisobga olgan holda, tadqiqotchilar buni haddan tashqari zich mitti galaktikalar Somon yo‘li bilan to‘qnashganda radial birlashuv natijasi deb taxmin qilishdi.

G‘ayrioddiy tuzilmalar Somon yo‘li markazidan bir necha marta mitti galaktika o‘tganida yulduzlar tomonidan hosil qilingan egri tekisliklardir. Har safar tortishish kuchi uni orqaga tortib, yadro atrofida tebranishga va yulduzlar to‘planishiga majbur qiladi.

Simulyasiya natijalari shuni ko‘rsatdiki, mitti galaktika markazdan birinchi marta 2,7 milliard yil oldin o‘tgan.

Galaktikalar to‘qnashuvi ulkan galaktik falokatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring