Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar: odamzod katta halokat bo‘sag‘asida

Olimlar: odamzod katta halokat bo‘sag‘asida

Foto: «NASA»

Amerikalik olimlar Antarktidada muzliklarning erishi Nyu-York va Shanxay kabi shaharlar mavjudligini shubha ostida qoldirishidan ogohlantirdilar. Bu haqda Phys.org xabar bermoqda.

Sayyoramizda harorat ko‘tarilsa, Arktika muzliklari eriy boshlaydi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlar hayotiga ta’sir o‘tkazadi. Biroq Antarktida ham insoniyat uchun kam xavf solmayapti. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur mintaqada global isish natijasida okean sathining 60 metrga ko‘tarilishiga sabab bo‘ladigan muzliklar bor.

«Biz allaqachon ushbu muammoning dastlabki belgilarini ko‘rmoqdamiz», — deyiladi maqolada.

So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, muzliklarning erishi atigi bir necha o‘n yilliklar ichida nazoratdan chiqib ketishi mumkin. Shu bilan birga, issiqxona gazlarining kamayishi va texnologik taraqqiyot katta falokatning oldini olmaydi, deb hisoblamoqda olimlar.

Issiqxona gazlari chiqindilarining amaldagi stavkalarida Antarktika muz qatlami 2060-yilga kelib eritish uchun eng muhim chegaradan o‘tib ketadi. O‘sha vaqtga qadar Yer atmosferasini karbonat angidrid gazidan tozalash bu jarayonni to‘xtata olmaydi va 2100-yilga kelib suv sathi bugungidan o‘n baravar tez ko‘tariladi, deya xulosa qilgan mutaxassislar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring