Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga talabgorlarning test natijalari chiqdi

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga talabgorlarning test natijalari chiqdi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bilan bir vaqtda 2-13-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazildi.

DTM xabariga ko‘ra, bunda respublika bo‘yicha 7 ta oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 8 mingdan ortiq talabgorlar test sinovlarida ishtirok etdi.

Mazkur talabgorlarning test natijalari 2020-yil 16-sentyabr kuni belgilangan tartibda oliy harbiy ta’lim muassasalariga taqdim etildi.

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq, oliy harbiy ta’lim muassasalariga tavsiya etilmagan talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring