Oliy ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish jarayoni takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2018-yil 9-10-yanvar kunlari Toshkent davlat pedagogika universitetida amaliy davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari soha mutaxassilari bilan muhokamadan o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida Janubiy Koreya, AQSh, Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlar nufuzli ta’lim muassasalari ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tajribalari to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi va amaldagi oliy ta’lim muassasalari ta’lim sifatini baholash mezonlarini takomillashtirish yuzasidan masalalar muhokama qilindi.
Davra suhbati natijalariga ko‘ra, ishlab chiqiladigan indikatorlar, keng Davlat inspeksiyasining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida muhokama qilinganidan so‘ng qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter