Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy toifali o‘qituvchilar uchun maqsadli magistratura joriy etiladi

Oliy toifali o‘qituvchilar uchun maqsadli magistratura joriy etiladi

Prezidentning «Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistraturani joriy etish taklifi ishlab chiqiladi.

Farmonda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 2025 yil dekabriga qadar tegishli takliflar kiritish vazifasi yuklatilgan va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar amalga oshirilishi belgilangan:

  • 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida maqsadli magistratura tashkil etish;

  • Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning ishidan ajralmagan holda bilim olishlari uchun ta’lim jarayonini masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilish;

  • Magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tizimda oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni qabul qilish;

  • Magistraturada masofadan o‘qish va davlat namunasidagi diplom berish tartibi, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring