Olmaliqda ikki qizni mashina urib yubordi
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahridagi maktab o‘quvchilarini avtomashina urib yuborgani haqida video tarqaldi.
Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, bugun, 15 may kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi 19 yoshli S.X. (erkak) «Damas» rusumli avtomashinada «Tinchlik» ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, yo‘lni kesib o‘tayotgan 14 yoshli 2 nafar maktab o‘quvchisini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Piyodalar avtohalokat oqibatida tan jarohati olishgan va tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan.
Mazkur hodisa yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda Olmaliq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu tergovga qadar tekshiruv ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter