Olmaliqda mansabdor shaxs qo‘lga olindi
Fuqaro S.J. Toshkent viloyati IIB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir jarayonida Davlat kadastrlar palatasi Olmaliq shahar filiali bosh muhandisi A.I. Olmaliq shahrining Xonobod ko‘chasida joylashgan 0,28 gektardan iborat yer uchastkasini 3 qismga bo‘lib berish hamda har bir yer uchastkasiga alohida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 4 000 AQSh dollari miqdoridagi pulni pora sifatida talab qilib, oldindan 1 800 AQSh dollarini olib, keyinchalik qolgan 2 200 AQSh dollarini ariza muallifidan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter