Olmaotada fojia yuz berdi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida avtobus bir nechta odamni bosib ketdi: natijada uch kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi.
«22-dekabr kuni soat 18:15 da 47-yo‘nalishdagi avtobusda yo‘lovchi o‘zaro janjal oqibatida haydovchi ayolni urib yuborgan, oqibatda u hushidan ketib, boshqaruvni yo‘qotgan.
Nazoratdan chiqib ketgan avtobus bekat yaqinida odamlarni bosib ketgan, shuningdek, to‘rtta transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.
Ushbu hodisa natijasida uch kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.
Avtobus haydovchisini urib yuborgan shaxs qo‘lga olindi», — deyiladi politsiya xabarida.
Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter