Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaota–Xorgos yo‘lida 17 mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

Olmaota–Xorgos yo‘lida 17 mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

Skrinshot

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida, Olmaota–Xorgos yo‘lida 17 mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Video olinayotgan paytda birin-ketin katta tezlikda kelayotgan mashinalar to‘qnashayotganini ko‘rish mumkin. Ushbu hodisa «Instagram»da e’lon qilindi.

Viloyat politsiya departamenti «Zakon.kz»ning so‘roviga quyidagicha ma’lumot bergan.

«25-dekabr kuni soat 10:00 atrofida quyuq tuman ko‘rinishidagi noqulay ob-havo tufayli Olmaota–Xorgos yo‘lining 134-kilometrida 17 mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan besh kishi shifoxonaga jo‘natilgan.

Voqea joyida politsiya patruli xizmatni davom ettiryapti. Avtoyo‘lning 84–136 kilometri harakatlanish uchun yopildi».

Politsiya haydovchilarni hushyorlikka chorlab, tezlik, xavfsiz masofa va mashinani boshqarish qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.

 
 
 
 
 
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Spetsialno dlya KrisPi | Almati (@kris_p_almata)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring