Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Olmos qirolining o‘g‘li» — ustasi farang firibgar Gruziyada qo‘lga tushdi

«Olmos qirolining o‘g‘li» — ustasi farang firibgar Gruziyada qo‘lga tushdi

Ustasi farang firibgar Saymon Levayev Gruziyada qo‘lga tushdi. Isroillik firibgar (asl nomi Shimon Iyeguda Xayut) Batumi aeroportida qo‘lga olingan.

U 2017–2019-yillarda nom chiqargan: Tinder tanishuvlar ilovasi orqali ayollarni qarmoqqa tushirish uchun o‘zini olmos qiroli Lev Levayevning o‘g‘li deb tanishtirgan. Laqqa tushgan ayollardan esa tezda qaytarish sharti bilan pul berib turishlarini so‘ragan va shu tarzda aldov yo‘li bilan taxminan 10 million dollar mo‘may daromad qilgan.

Dong‘i chiqqan firibgar hatto kinochilarning nazariga tushgan va 2022-yilda Netflix uning firiblariga bag‘ishlangan hujjatli filmni suratga olgan.

«Olmos qirolining o‘g‘li»ni anchadan buyon qidirayotgan interpolchilar nihoyat uni tutib, shveysar soati bezab turgan qo‘liga temir kishan taqishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring