Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmos zaxiralari qachon tugashi aytildi

Olmos zaxiralari qachon tugashi aytildi

Botsvananing Karove konida 2024-yilda kattaligi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi olmos topilgan. Og‘irligi — 2 492 karat yoki 498,4 gramm.

Foto: Lucara Diamond

Dunyoda iqtisodiy rentabelli olmos zaxiralari 1,8 mlrd karat deya baholanmoqda, dedi Rossiyaning «ALROSA» kompaniyasi boshqarmasi boshlig‘i Sergey Taxiyev RIA Novostiga bergan intervyusida.

Jahon olmos zaxiralari yiliga 90 mln karat qazib olinganda 20 yilga, hajmlar qisqarganda esa 50-60 yilga yetadi.

Olmos zaxiralarining yarmidan ko‘prog‘i — Rossiya, qolgan qismi asosan Afrikaga to‘g‘ri keladi — Botsvana, Angola. Avstraliya allaqachon «o‘yindan chiqqan», Kanada ham global olmos bozoriga ta’sirini yo‘qotgan, dedi Taxiyev.

«Olmoslarning o‘tkir taqchilligi yuzaga kelishi dargumon, ammo yaqin kelajakda uning narxi o‘sishni boshlashi ehtimoldan xoli emas», — dedi u.

«ALROSA» kompaniyasi dekabrda bergan ma’lumotga ko‘ra, bu yil dunyo miqyosida so‘nggi 20 yildagi eng kam — 95-105 mln karat olmos qazib olinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring