Olotdagi katta o‘g‘rilik ortidan ikki o‘smir qo‘lga olindi

Buxoro viloyatining Olot tumanida sodir etilgan o‘g‘irlik fosh etildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, tumanning Ma’rifat mahallasida yashovchi xonadon egasi uyida bo‘lmagan paytda noma’lum shaxslar uning uyiga yashirincha kirib, katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘g‘irlab ketishgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar yotoqxonadagi shkafdan 50 million so‘m, 3 000 AQSh dollari, 295 yevro hamda 120 000 Rossiya rublini o‘g‘irlab, hodisa joyidan qochib ketishgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va texnik harakatlar natijasida Eski Olot va Dilkor mahallalarida yashovchi ikki nafar o‘smir (2008-y.t.) gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinib, ozirda ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
Ushbu shaxslarning boshqa shunday turdagi, hali fosh etilmagan jinoyatlarga ham aloqadorligi mavjudligi yuzasidan qo‘shimcha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: Jinoyat kodeksining 169-moddasiga ko‘ra, o‘g‘rilik — o‘zganing mulkini yashirincha o‘g‘irlab olish jinoiy jazoga sabab bo‘ladi. Agar bu jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, sodir etilgan bo‘lsa, jazo yanada og‘irlashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter