Olti oyda 41,7 trln so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 41,7 trln so‘mni tashkil etdi.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,9 foizga oshgan.
Xizmatlar hajmi bo‘yicha hududlar orasida yaqqol yetakchi — Toshkent shahri (29 944,2 mlrd so‘m yoki umumiy ko‘rsatkichning qariyb 72 foizi).
Hududlar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi:
- Toshkent shahri — 29 944,2 mlrd so‘m
- Farg‘ona viloyati — 1 518,7 mlrd so‘m
- Samarqand viloyati — 1 473,7 mlrd so‘m
- Toshkent viloyati — 1 376,6 mlrd so‘m
- Andijon viloyati — 1 006,5 mlrd so‘m
- Qashqadaryo viloyati — 997,3 mlrd so‘m
- Namangan viloyati — 883,1 mlrd so‘m
- Xorazm viloyati — 871,1 mlrd so‘m
- Surxondaryo viloyati — 770,4 mlrd so‘m
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 716,2 mlrd so‘m
- Buxoro viloyati — 705,9 mlrd so‘m
- Jizzax viloyati — 576,4 mlrd so‘m
- Navoiy viloyati — 507,9 mlrd so‘m
- Sirdaryo viloyati — 329,1 mlrd so‘m
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter