Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti oyda iqtisodiyotga 15,5 mlrd dollar xorijiy investitsiya kiritildi

Olti oyda iqtisodiyotga 15,5 mlrd dollar xorijiy investitsiya kiritildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident investitsiya va tashqi savdo, qishloq xo‘jaligi komplekslaridagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Ta’kidlanganishicha, o‘tgan olti oyda iqtisodiyotga 15,5 milliard dollar xorijiy, shundan 14 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritildi. O‘sish — 2,1 barobar.

Biroq, har bir dollar investitsiya hisobiga yaratilgan qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichi barcha tarmoq va hududlarda ham qoniqarli emas.

Bu to‘qimachilik, charm, farmatsevtika tarmoqlarida, Sirdaryo va Buxoroda 2 dollarga, Toshkent shahri, Surxondaryo, Jizzaxda esa 2,5 dollarga yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yoki, har 1 ming dollar xorijiy investitsiya soliq tushumini o‘rtacha 600 dollarga oshirgan bo‘lsa, Sirdaryo, Navoiy, Jizzax va Surxondaryoda bu 300 dollardan kam.

Mutasaddilarga investitsiya loyihalari dasturini shakllantirishda ularni puxta tahlil qilish, qo‘shilgan qiymatni karrasiga oshiradiganlarini kiritish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring