Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«OLX.uz» orqali firibgarlik sodir etgan shaxs aniqlandi

«OLX.uz» orqali firibgarlik sodir etgan shaxs aniqlandi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 3-mart kuni 31 yoshli Jasur B. «OLX.uz» sayti orqali 36 yoshli Zafar Sh. «NR» rusumli noutbuk va monobloklarni sotishga e’lon berganini ko‘rib qoladi.

U firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, 10 dona «NR» rusumli noutbuk hamda 4 dona monobloklarni korxona uchun deya buyurtma berib, ushbu texnika vositalarini Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetining yonida olib, shu kuni kechgacha uning hisobiga 109 000 000 so‘m pullarni o‘tkazib berishga va’da qiladi. Ammo, qo‘lga kiritilgan texnika vositalardan bir dona noutbukni o‘ziga olib qolib, qolganini 7 635 AQSh dollar evaziga «Malika» savdo majmuasidagi do‘konda ishlovchi 26 yoshli Maxmudjon A.ga sotib yuborgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Maxmudjon A.dan 9 dona «HP» rusumli noutbuklar va 4 dona monobloklar bayonnoma asosida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jasur B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Jasur B.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring