Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OPEK+ mamlakatlari neft qazib olishni oshiradi

OPEK+ mamlakatlari neft qazib olishni oshiradi

Foto: Shutterstock

OPEK+ mamlakatlarining sakkiztasi neft qazib olishni kuniga 411 ming barrelga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda tashkilot saytida bayonot berildi.

«Saudiya Arabistoni, Rossiya, Iroq, BAA, Quvayt, Qozog‘iston, Jazoir va O‘mon jahon bozori sharoitlari va istiqbollarini ko‘rib chiqish uchun 31-may kuni virtual formatda uchrashdi», — deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, ushbu qaror jahon iqtisodiyoti bo‘yicha barqaror prognoz, neft bozoridagi sog‘lom omillar fonida qabul qilindi. Qolaversa, jahonda qazib olinayotgan yoqilg‘ining tijorat zaxiralari darajasi pastligi ham qarorni qabul qilishda rol o‘ynagan.

OPEK+ xabariga ko‘ra, sakkiz mamlakat joriy yilning iyul oyida kunlik qazib olishni iyun oyidagi me’yorga nisbatan 411 ming barrelga oshiradi. Ma’lumotga ko‘ra, bu uch oylik o‘sish ekvivalentidagi miqdor.

Bosqichma-bosqich oshirishlar o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga qarab to‘xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Hujjatda qayd etilishicha, bunday moslashuvchanlik OPEK+ guruhiga neft bozori barqarorligini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish imkonini beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring