Oqdaryoda sotuvchi xaridorning kartasidan 400 ming o‘rniga 800 ming so‘m yechdi

Samarqand shahridan avtomobil ehtiyot qismlari sotib olgan G‘ulom To‘rayev sotuvchi plastik kartasidan ikki marta pul yechib olganini sezib qoldi. Ammo sotuvchi bu da’voni tan olmadi.
To‘rayevning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qilishi muammoga yechim bo‘ldi. Murojaat Samarqand viloyat hududiy birlashmasining Oqdaryo tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi va sotuvchi asossiz yechib olgan pullarni egasiga qaytardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter