Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchi attestatsiya­dan o‘ta olmasa...

O‘qituvchi attestatsiya­dan o‘ta olmasa...

Illyustrativ surat.

Foto:«Idium.uz»

—Oliy toifali o‘qituvchi attestatsiyadan o‘ta olmasa, keyingi yili qayta attestatsiyadan o‘tib, toifasini tiklashi mumkinmi?

Muhayyo Ubaydullayeva,
Yunusobod tumanidagi 274-maktab o‘qituvchisi

Savolga Xalq ta’limi vazirligining kadrlar boshqarmasi yetakchi nazoratchisi Abduhamid Abduqodirov javob beradi:

— Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan «Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom»ning 5-bandiga asosan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlari har besh yilda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlari har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi. Oliy toifali o‘qituvchi attestatsiyadan o‘ta olmasa, besh yildan keyin yana oliy toifani himoya qilishga haqli.


«Ma’rifat» gazetasidan olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring