Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oqqo‘rg‘onda yosh kelin-kuyov zaharlanib vafot etgani aytilmoqda

Oqqo‘rg‘onda yosh kelin-kuyov zaharlanib vafot etgani aytilmoqda

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Aytilishicha, ular gaz pechkadan foydalanishgan.

Hozircha bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy ma’lumot bermadi. Mazkur fojia bir necha kun oldin sodir bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu turdagi pechlarga gaz quvurlarini ulab uyni isitish xavfsizlikka kafolat bera olmaydi. Lekin qishloq joylarda asosan shu usuldan foydalanishadi.

Shuningdek, chiroq o‘chishi va gaz yo‘qligi oddiy holga aylangan ko‘plab uylarda shunday pechlar va tappiyu ko‘mirlardan foydalanish urfga kirgan. Shuning uchun ham odamlar sovuqqa qayg‘urganidan xavfsizlik qoidalari haqida unutadilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring