Oqto‘bada yonib ketgan avtobus haydovchilari hibsga olindi

Oqto‘ba viloyati prokuraturasi
Qozog‘iston IIV tergov depertamenti Oqto‘ba viloyatida ro‘y bergan mudhish voqea yuzasidan jinoyat ishini ko‘rib chiqmoqda.
Tergov davomida ma’lum bo‘lishicha, avtobusning yonib ketishiga haydovchi tomonidan transport vositasini ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilgani, yong‘in xavfsizligiga rioya etmay, avtobusda kavsharlash lampasidan foydalangani sabab bo‘lgan.
Yig‘ilgan ma’lumotlar va faktlar asosida avtobusning har uchala haydovchisi hibsga olingan. 24-yanvar kuni tungi soat 22:40da ular qo‘lga olinib, Oqto‘ba shahar IIB hibsxonasiga olib kelingan.
Hozirda Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi, 4-qismi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergovning borishi respublika bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligi nazoratiga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter