«O‘zbektelekom»: Ish yuritish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv kursi o‘tkazildi

Ish yuritish, ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, shuningdek, arxiv ishini tashkil etish faoliyatning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda «O‘zbektelekom» AKning «Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi» filiali tomonidan ushbu mavzuda navbatdagi o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur kurs kompaniya va uning hududiy filiallarida ushbu yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun onlayn formatda o‘tkazildi. Unda ish yuritish, ijro intizomini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash va arxiv ishini tashkil etishga oid muhim jihatlar qamrab olindi.
Uch kun davom etgan o‘quv mashg‘ulotlari doirasida O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, «O‘zbektelekom» AK markaziy apparati va boshqa ilmiy-amaliy tashkilotlarning tajribali mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar tinglandi.
Tinglovchilar ish yuritish va arxivlashtirishning huquqiy asoslari, farmoyish va buyruqlar bilan ishlash tartibi, idoralararo hujjatlar aylanishi, murojaatlar bilan ishlashda davlat siyosati va qonunchilik talablari, shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organlari va mansabdor shaxslarning huquq va majburiyatlari borasidagi bilimlarini mustahkamlashdi. Bundan tashqari, stressga bardoshlilik va nizolarni boshqarish bo‘yicha amaliy psixologik mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter