O‘quvchining quloq pardasini yirtgan direktor ishdan bo‘shatildi
Samarqand viloyatining Urgut tumanida maktab direktori o‘quvchining qulog‘iga urgani haqida xabar berilgandi.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi Urgut tumanida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12 oktyabr kuni soat taxminan 13:30 larda Urgut tumani 61-maktabning 6-sinfida dars o‘tayotgan ona tili va adabiyot o‘qituvchisi koridorda direktorning ovozini eshitgach, bolalar darsga quloq solmasdan pirotexnika vositalarini portlatayotganidan shikoyat qilgan.
Direktor xonaga kirib so‘rab o‘tirmasdan ushbu sinf o‘quvchisi D.H.ni urib ketgani. Guvohlarga ko‘ra, jabrlanuvchi sinfdagi bezorilikda ishtirok etmagan.
Urgut tumanidagi 61-umumta’lim maktabining direktori B.R. Samarqand viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining tegishli buyrug‘iga asosan lavozimidan ozod etilgan.
Hozirda holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter