Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Orden olgan Usmonov, Nesterovning futboldan chetlatilishi, blokdan chiqqan saytlar va boshqa xabarlar

Orden olgan Usmonov, Nesterovning futboldan chetlatilishi, blokdan chiqqan saytlar va boshqa xabarlar

Foto:«Xabar.uz»

11-may kuni ham turli qiziqarli voqealar va ma’lumotlarga boy bo‘lmoqda. «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ushbu kunda O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tadi. Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Bizni kuzatishda davom eting.

Xorij

Elboshi Nazarboyev Alisher Usmonovga «Do‘stlik» ordenini topshirdi

Foto:«Oq O‘rda»

Bugun 11-may kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev milliader Alisher Usmonovga I darajali «Do‘stlik» ordenini topshirdi.

Sport

OFK Ignatiy Nesterovni 8 oyga futboldan chetlatdi

O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni 8 oyga futboldan chetlatildi. Diskvalifikatsiya muddati 13- fevraldan boshlanadi. Ya’ni Nesterov 13-oktyabr kuni maydonga tusha oladi. 13-avgust kuni Nesterov mashg‘ulotlarni boshlashi va shartnoma tuzishi mumkin.

Novosti Uzbekistana

Jamiyat

O‘zbekistonda bloklangan xorijiy saytlardan «qulf» yechildi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Feysbukdagi sahifasida yozishicha, YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir tomonidan e’lon qilingan ayrim xorijiy axborot veb-resurslariga kirish imkoniyati cheklanganligi haqidagi ma’lumot o‘rganib chiqilgan.

Bugundan e’tiboran «Voice of America», «Amerika ovozi», «BBC Uzbek», «Deutsche Welle», «Amnesty International», «Human Rights Watch», «Reporters sans frontieres», «Eurasianet.org», «AsiaTerra», «Fergana Agency», «Centre1», «Uzmetronom» kabi veb-resurslar va boshqa xorijiy veb-saytlardan to‘liq foydalanish imkoni mavjud bo‘ladi.

O‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz...

Yo‘l harakati qoidalaridagi o‘zgarishlaridan biri: tormozni vaqtliroq bosing!

«GM Uzbekistan» xaridorlarni firibgarlardan ogohlantirdi

Prezident maktablariga rahbarlar kerak

Biz kutgandik:

Kunduzi chirog‘ini yoqmagan haydovchilarni jarimaga tortish amaliyoti boshlandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring