«O‘rikzor» bozori sobiq direktoriga tegishli uy-joy qariyb 4,2 million dollarga savdoga qo‘yildi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi suv bo‘yida joylashgan ayrim manbalarga ko‘ra, «O‘rikzor» dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’yekti savdoga qo‘yildi, deb xabar berdi «O‘zA».
Mazkur uy-joy majmuasining boshlang‘ich narxi: 35 536 900 759,00 so‘m etib belgilangan.
«E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida Uchtepa tumani, Sakkokiy ko‘chasi, 3-a uydagi bino va inshoot (umumiy maydoni 4,3000 ga, inshoot maydoni 20628 kv.m) savdoga qo‘yildi.
Auksion o‘tkazilish sanasi 29.04.2019 yil.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter