O‘rmonda 22 soat qolib ketgan bola sog‘ va omon topildi
To‘rt yoshli Kristian Ramiresning ota-onasi haqiqiy mo‘’jizaga duch kelganidan juda baxtli.
Voqea Xantington ko‘li hududida (Kaliforniya, AQSh) yuz berdi va bu yerda hatto kattalar uchun ham xavf tug‘diradigan ko‘plab jonzotlar mavjud: ilondan tortib yovvoyi mushukkacha.
50 nafar politsiya xodimi va ko‘ngillilar tomonidan 22 soat davomida qidirilgan Kristian tirik va sog‘-salomat topilishi naq mo‘’jizaning o‘zi. Ajablanarlisi, bola oilasi qo‘nim topgan oromgohdan taxminan 40 metr uzoqlikda joylashgan daraxt tagidan topilgani.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter