Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rtachirchiqda kadastr xodimi jinoyat ustida qo‘lga tushdi (video)

O‘rtachirchiqda kadastr xodimi jinoyat ustida qo‘lga tushdi (video)

Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani filiali xodimi jinoyat ustida qo‘lga tushdi.

U 42 yoshli tanishi bilan o‘zaro til biriktirib, dehqonchilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tumandagi fermer xo‘jaliklaridan biriga tegishli 17 gektar yer maydonini ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilgan.

Ular so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi shaxs aldov yo‘li bilan o‘zganing ishonchiga kirib, unga tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 55 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali olib berish evaziga 55 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 11 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Farg‘ona tumanida yashovchi, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs bog‘dorchilikka ixtisosolashgan fermer xo‘jalikning 13 gektar yer maydonini xaridorga 20 ming AQSh dollariga sotishga va hokimiyatdagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishga kelishib, oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida ham yet sotish bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlandi. Tumandagi dehqon xo‘jalik rahbari tuman hokimining 2019 yildagi qarori bilan dehqon xo‘jaligi tashkil etish hamda vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonini xaridorga 300 mln so‘mga sotishga kelishadi.

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda dehqon xo‘jalik rahbari talab qilingan pul mablag‘idan 8200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring