Osiyo chempionati: o‘zbekistonlik kamonchilar tarixida ilk bor medallar qo‘lga kiritdi
Bangladeshdagi chempionatda o‘zbekistonlik kamonchilar kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Terma jamoa tarixda ilk bor sovrindor bo‘ldi
Bangladeshda o‘tkazilayotgan kamondan otish bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston kamonchilari kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Mikst dasturida Parij–2024 Olimpiadasi ishtirokchilari Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova finalgacha yetib borib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, erkaklar terma jamoasi jamoaviy dasturda Qozog‘istonni mag‘lub etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ahamiyatlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tarixda ilk bor qit’a birinchiligida sovrindorlikka erishdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter