Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 1 milliard AQSh dollari ajratish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqmoqda

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 1 milliard AQSh dollari ajratish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqmoqda

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi bilan kurashish va uning iqtisodiy oqibatlarini kamaytirishga yordam ko‘rsatadi

Joriy yil 1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov videokonferensiya formatida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Prezidenti M.Asakava bilan O‘zbekiston Respublikasida koronavirus tarqalishidan aholini himoyalash va global pandemiyaning mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlariga ta’sirini yumshatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda mazkur masalalarda OTBning O‘zbekistonga ko‘rsata oladigan yordami mexanizmlarini muhokama qildi.

OTB prezidenti koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashabbus qilingan makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashi, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish, aholiga samarali ijtimoiy yordam ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. M.Asakava O‘zbekistonda keng ko‘lamli iqtisodiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini moliyalashtirish uchun Inqirozga qarshi jamg‘armaning o‘z vaqtida tashkil etilganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Suhbat chog‘ida M.Asakava ushbu o‘ta og‘ir paytda O‘zbekistonni COVID-19 ga qarshi kurashishga mablag‘ jalb qilish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotning barqaror ishlashini ta’minlash orqali har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi. Hozirgi vaqtda OTB O‘zbekistonning virus tarqalishi bilan bog‘liq tibbiy ehtiyojlari uchun 200 ming AQSh dollariga teng miqdorida grant ajratilishini ma’qulladi. Shuningdek Bank tomonidan, Respublika sog‘liqni saqlash tizimini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, yaqin kunlarda Bank rahbariyati tomonidan va pandemiyada sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishini rag‘batlantirish va barqarorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni ajratish masalasini ko‘rib chiqiladi.

OTBning O‘zbekistonga 1 milliard AQSh dollarigacha budjet mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish masalasi alohida muhokama qilindi. M. Asakava ushbu masalani hal qilish uchun Bankda alohida guruh tuzganligi va ushbu masalani ma’qullash va moliyaviy yordam mablag‘larini ajratish jarayonlarini tezlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring