Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19 yangi to‘lqini: Tailandda 53 mingdan ortiq yangi holat qayd etildi

COVID-19 yangi to‘lqini: Tailandda 53 mingdan ortiq yangi holat qayd etildi

Tailandda, 2025-yil 18–24-may kunlari mamlakatda 53 563 ta yangi COVID-19 holati qayd etilgan, shulardan 2 827 nafar bemor shifoxonada, 50 736 nafari esa uyda davolangan. Ushbu davrda bemorlar orasida 5 nafar inson vafot etgan.

Eng ko‘p kasallanish holatlari Bangkok shahrida aniqlangan (9 539 holat). Shuningdek, Chonburi (3 379), Samut Prakan (2 491), Nontxaburi (2 278) va Rayong (2 210) viloyatlarida ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

Yosh guruhlar kesimida esa eng ko‘p infeksiya 30–39 yoshdagi shaxslar (10 740 holat) orasida qayd etilgan. Shuningdek, 20–29 yosh (9 527), 60 yosh va undan kattalar (8 107) hamda 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar (4 117) orasida ham yuqish holatlari yuqori bo‘lgan.

Samut Prakan viloyatining Bang Pli tumanidagi Ratwinit Bangkaeo maktabida COVID-19 holatlari ko‘paygani sababli, 26–28-may kunlari darslar onlayn tarzda tashkil etilgan.

Yanvardan 26-maygacha bo‘lgan davr mobaynida Tailandda jami 186 955 ta COVID-19 holati va 46 ta o‘lim qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring