Osiyodagi eng qimmat kvartiralar sotildi
Osiyodagi eng qimmat kvartiralar Gonkongda sotildi. Ko‘chmas mulk 82 million dollarga tushdi, deb yozadi South China Morning Post nashri.
Hashamatli kvartiralar Viktoriya cho‘qqisida joylashgan Mount Nicholson yangi turar-joy majmuasida barpo etilgan. Odatda u yerda magnatlar istiqomat qiladi. Gazetaning yozishicha, kvartiraning har kvadrat metri uchta avtoturargohni hisobga olgan holda noma’lum xaridorga 18 ming dollarga tushgan. Bu mazkur hududdagi rekord narx hisoblanadi. Xuddi shu investor 72 million dollarga o‘sha turar-joy majmuasidan yana bir xonadon sotib oldi.
Mutaxassislarning fikricha, Gonkongda ko‘chmas mulkka talab hukumat pandemiya boshlanganidan beri yopiq qolgan dekabr oyida Xitoy bilan quruqlikdagi chegarani bosqichma-bosqich ochishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter