Ostonadagi chiqindi zavodida ishlagan 37 nafar o‘zbekistonlik ushlandi
Qozog‘iston Respublikasi IIV Migratsiya xizmati qo‘mitasi kun davomida poytaxtda 119 nafar noqonuniy mehnat muhojiri aniqlanganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, chiqindilarni qayta ishlash korxonasi hududida olib borilgan ishlar davomida noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 37 nafar O‘zbekiston fuqarosi aniqlangan.
Shuningdek, xonadonlar, yotoqxonalar, qurilish maydonchalari, ishlab chiqarish maydonlari va bozorlar ko‘zdan kechirilgan.
Migratsiya xizmati qo‘mitasi xodimlari qonunchilikka rioya qilishga chaqirib, tegishli ruxsatnomasiz qolgan xorijliklarni ish beruvchi tomonidan qayta ishga yollash uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter