Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota aliment to‘lovi o‘rniga bolalariga «SPARK»ni berdi

Ota aliment to‘lovi o‘rniga bolalariga «SPARK»ni berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 2016 yil 19 aprel kungi ijro hujjatiga asosan Qo‘qon shahrida yashovchi qarzdor I.K. dan undiruvchi M.B. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor I.K.dan aliment to‘lovlari o‘z vaqtida undirib kelingan.

Ta’kidlanishicha, I.K.ning aliment to‘lovlaridan qarzi mavjud bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa-da, undiruvchi M.B. bilan kelishgan holda ikki nafar farzandlarining kelajagi uchun ular voyaga yetgunga qadar to‘lanadigan aliment pullari o‘rniga «SPARK» avtotransportini topshirishini ma’lum qilgan.

Shu tariqa sobiq turmush o‘rtoqlar o‘rtasida kelishuv bitimi imzolanib, ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring