Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan 6 oyda 23,3 ming oila ajrashgan – statistika

O‘tgan 6 oyda 23,3 ming oila ajrashgan – statistika

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan nikohlar soni 95,3 ming birlik, har ming aholiga nikoh koeffitsiyenti 5,1 promilleni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Nikohlar soni joriy yilning yanvar-iyun oylarida 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,1 ming birlikka kamaygan. Nikohdan ajralishlar soni 23,3 ming birlik, har ming aholiga nisbatan ajralish koeffitsiyenti 1,2 promilleni tashkil etdi. Ajralishlar soni joriy yilning yanvar-iyun oylarida 2024 yilning mos davriga nisbatan 0,8 ming birlikka ko‘paygan.

Qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha, jumladan, shahar joylarida 48,7 ming birlikni (51,1 foiz), qishloq joylarida 46,6 ming birlikni (48,9 foiz) tashkil etdi.

Respublikada nikohdan ajralishlar soni 23,3 ming birlikni, shundan shahar joylarida 14,1 ming birlikni (60,6 foiz), qishloq joylarida 9,2 ming birlikni (39,4 foiz) tashkil qildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring