Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan o‘quv yilida Prezident maktablarini bitirgan 424 nafar o‘g‘il-qizning barchasi OTMga qabul qilindi

O‘tgan o‘quv yilida Prezident maktablarini bitirgan 424 nafar o‘g‘il-qizning barchasi OTMga qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari o‘z nutqida yoshlar tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari, ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlarga to‘xtaldi.

«Dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 560 ming tengdoshingizga joriy yilda 155 ming gektar yer maydoni ajratilib, 800 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shuningdek, yoshlarni ishga olgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq summasini qaytarish tartibi joriy etildi.

Bu imkoniyatdan 715 ming nafar yoshlar ishlayotgan 7,5 ming korxona foydalandi.

Albatta, mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ham katta-katta qadamlar qo‘yilmoqda.

Bu borada Yangi O‘zbekistonning yangi maktablari — Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar ko‘lami kengayib, ularda tahsil olayotgan o‘quvchilar yuqori natijalarga erishmoqda.

O‘tgan o‘quv yilida birgina Prezident maktablarini bitirgan 424 nafar o‘g‘il-qizlarning barchasi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi.

Ularning 102 nafari xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgani tahsinga sazovordir», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring