O‘tgan yili 6 mingdan ziyod chaqaloqlar o‘limi qayd etilgan
Bir muddat oldin Adliya vazirligi va Statistika agentligi tomonidan e’lon qilingan 2023-yilda O‘zbekistonda tug‘ilishlar statistikasida katta tafovut borligi keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Adliya vazirining matbuot kotibi Sevar Urinbayevaga ko‘ra, vazirlik e’lon qilgan statistika 2023-yil davomida FHDYo organlari tomonidan qayd etilgan tug‘ilishlar soni bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, Statistika agentligi faqatgina tirik tug‘ilgan bolalar soni haqidagi ma’lumotni taqdim qilgan. Shu bois har ikki raqam o‘rtasida farq paydo bo‘lgan: 6 178 ta.
Vazirlik keltirgan raqamlarda 968 140 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgani aytilgan edi. Statagentlik esa o‘tgan yili mamlakatda tirik tug‘ilishlar soni 961 962 nafarni tashkil etganini keltiradi.
Raqamlardan ko‘rinadiki, 2023-yilda O‘zbekistonda yuqorida keltirilgan – 6 178 ta holatda chaqaloqlar o‘limi qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter