OTM uchun kontrakt to‘langanda beriladigan soliq imtiyozida farzandning yosh chegarasi olib tashlandi

Endi OTM uchun kontrakt to‘langanda farzandning yoshidan qat’iy nazar 12 foizlik daromad solig‘idan imtiyoz beriladi.
Ya’ni, Soliq kodeksiga muvofiq fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga (o‘zining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan erining (xotinining) yo‘naltiriladigan to‘lovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
Shuningdek, o‘zining, farzandlarining yoki erining (xotinining) o‘qishi uchun to‘langanda soliq chegirmasi jismoniy shaxs – ta’lim oluvchiga, uning ota-onalariga, shuningdek, agar o‘qish uchun to‘lov ta’lim oluvchi yigirma olti yoshga to‘lguniga qadar amalga oshirilgan bo‘lsa xotiniga (eriga) beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter