Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTM va akademik litseylarda o‘quv yili boshlanish sanasi e’lon qilindi

OTM va akademik litseylarda o‘quv yili boshlanish sanasi e’lon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylarda 2025/2026-o‘quv yili boshlanish sanalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

  • akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;
  • oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun «Kredit ta’limi tizimiga kirish» haftaligi hamda «Talabalikka bag‘ishlov» tadbirlari tashkil etiladi.

Haftalik doirasida:

  • talabalarni oliy ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;
  • talabalarda mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring