Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMga kirolmaganlar apellyasiya arizalarini qachon va qayerda topshirishi aytildi

OTMga kirolmaganlar apellyasiya arizalarini qachon va qayerda topshirishi aytildi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellyasiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Abituriyent apellyasiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellyasiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.

Apellyasiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2025-yil 21-avgustdan boshlanadi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring