Oxirigacha ko‘ring! Sabzi va sholg‘om yetishtirishda yetakchi mamlakatlar (videoinfografika)
Bugungi trendlardan biri sabzi, to‘g‘rirog‘i, uning narxi. Davlat statistika qo‘mitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuvlari asosida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qilgandi.
Statqo‘m aniqlashicha, milliy taomimizning asosiy masalliqlaridan bo‘lgan sabzining bir kilosi narxi 11 ming so‘mgacha chiqib ketgan.
Nega sabzining narxi qimmatlab ketganiga Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirganidan bir kun o‘tib, Jizzaxda sabzining narxi birato‘la 15 ming so‘mga sakradi.
Quyidagi videoinfografikadan esa salkam 60 yildan beri (1961—2019-yillar) sabzi va sholg‘om yetishtirishda jahonda yetakchi mamlakatlar qaysi ekanini bilib olasiz. BMTning FAO tashkiloti (Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi) statistikasi ma’lumotlaridan foydalanilgan.
Oxirigacha ko‘ring, juda qiziq ma’lumot!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter