Oyga asteroid xavf solmoqda!

Oyga asteroid urilishi mumkin. Hozir 2024 YR4 asteroidining to‘qnashish ehtimoli 4,3 foiz deya baholanyapti, ya’ni shu paytgacha kuzatilganlari orasida eng xavflisi.
To‘qnashuv oqibatida Oydagi 100 ming tonna jins ajralib chiqib, Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldoshlarni ishdan chiqarishi mumkin.
Asteroid Oyga 2032-yil dekabrida yetib borishi mumkin, deb hisoblamoqda NASA.
Ma’lumot uchun: 2024 YR4 — Yer atrofi asteroidi, diametri 40 metrdan 90 metrgacha bo‘lishi mumkin. Chilidagi ATLAS tizimi tomonidan 2024 yil 27 dekabrida birinchi marta aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter