Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oyoq kiyimlaridan yarim kilo «gashish» chiqqan shaxs ushlandi

Oyoq kiyimlaridan yarim kilo «gashish» chiqqan shaxs ushlandi

Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari «Do‘stlik» chegara bojxona posti va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

Mazkur post orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro X.R.ning oyog‘iga kiyib olgan qora rangli krossovkasi og‘irligi hamda tag qismi qalinligi bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, uning oyoq kiyimlari ichida 4 dona polietilen paketlarga o‘ralgan, vazni 594,05 grammni tashkil etuvchi «gashish» giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring