15 nafar artistdan iborat o‘zbek sirkchilari Dushanbeda bir oy tomosha ko‘rsatadi
O‘zbekistonlik sirk artistlari Dushanbega gastrol safariga yo‘l olishdi. Toshkentlik truppa turli jonivorlar– maymun, kuchuk, lama, ponilar ishtirokidagi dasturlar namoyish etishadi. Truppa 15 nafar sirk artistlaridan iborat bo‘lib, kecha Tojikiston poyxatiga yetib borishgan. Bu haqda Dushanbe davlat sirki ma’lum qilmoqda, deb xabar beradi Tojikistonning «Xovar» milliy axborot agentligi.
Xabarda qayd etilishicha, щzbekistonlik sirk artistlarining birinchi chiqishi 31-dekabr kuni 14:00da Dushanbe davlat sirkida bo‘lib o‘tadi. Gastrol faqat Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan, u bir oy davomida namoyish etiladi. Chipta narxi 30 dan 80 somongacha. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa bepul.
Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu gastrol safari O‘zbekiston va Tojikistonning madaniy-gumanitar aloqalari doirasida tashkil etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter