Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston harbiylari maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda

O‘zbekiston, Turkiya va Pokiston harbiylari  maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

22-aprel kuni «Forish» poligonida «Hamdo‘stlik qalqoni—2019» hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, unda Pokiston va Turkiyaning O‘zbekistondagi harbiy attashelari, Mudofaa vazirligi markaziy apparati hamda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Hamdo‘stlik qalqoni—2019» o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi o‘quv mashqlarida harbiy xizmatchilar jahonda va mintaqada keskin o‘zgarib borayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, milliy va global xavfsizlik sohasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xatar hamda tahdidlarga qarshi kurashishning eng ma’qul usul va uslublarini qo‘llash borasida o‘zaro tajriba almashadilar.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi ushbu mashg‘ulotlar 27-aprelga qadar davom etadi.

Ochilish marosimi yakunlangach, mehmonlar poligonda ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni saqlash bo‘yicha yaratilgan ko‘rgazmali vositalar bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning oktyabr oyida «Forish» poligonida Rossiya va O‘zbekiston mudofaa idoralari tog‘-o‘qchi bo‘linmalarining hamda 2018-yilning iyul oyida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar bilan qozog‘istonlik hamkasblari o‘rtasida hamkorlikdagi mashg‘ulotlari o‘tkazilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring