O‘zbek Milliy simfonik orkestri Versal saroyi sahnasida Hendelning «Tamerlano» operasini ijro etdi
Dubay, Vena va Sankt-Peterburg shaharlaridagi muvaffaqiyatli namoyishlardan so‘ng, Georg Fridrix Hendelning mashhur «Tamerlano» operasi Parijda ham katta olqishlar bilan kutib olindi. Mazkur tarixiy asar O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri tomonidan Yevropaning eng nufuzli sahnalaridan biri — Versal saroyining Qirollik operasida ijro etildi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zbek musiqachilarining mahoratini yuqori baholab, madaniy diplomatiyaning xalqaro aloqalardagi o‘rniga alohida to‘xtaldi:
«Iqtidorli musiqachilarimizning jonli navolaridan bahramand bo‘lar ekanman, madaniy diplomatiya turli xalqlarni birlashtirishga qodir ekaniga yana bir bor ishonch hosil qildim».
Ushbu xalqaro madaniy loyiha O‘zbekiston san’atining jahon maydonidagi nufuzini yana bir bor namoyish etib, Yevropa madaniy jamoatchiligida katta taassurot qoldirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter