O‘zbek-qozoq chegarasida 4 ta qo‘shimcha savdo yo‘laklari ochiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida 4 ta qo‘shimcha savdo yo‘laklari ochishni rejalashtirmoqda.
«Kazinform» agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, bu haqdagi tashabbus O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov tomonidan Jetisu viloyati tadbirkorlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirilgan.
Bundan tashqari, diplomatik missiya rahbari O‘zbekistonning iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini tavsiflab berdi. Xususan, Toshkent davlat chegaralaridagi nazorat-o‘tkazish punktlarini ta’mirlanmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tovar ayirboshlash hajmining oshishiga bevosita xizmat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter