Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek snayper qizi haqidagi film bugun TVda namoyish etiladi

O‘zbek snayper qizi haqidagi film bugun TVda namoyish etiladi

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Cinema of Central Asia» studiyasi tomonidan suratga olingan «O‘zbek qizi» badiiy filmining ilk katta premerasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu filmda Ikkinchi jahon urushi yillarida ishtirok etgan o‘zbek qizlarining jang maydonlarida ko‘rsatgan qahramonliklari bosh qahramon Jamila obrazi orqali gavdalantiriladi.

Film ssenariy mualliflari Baxtiyor Abdug‘ofur, Igor Kosteychenko va Mansur Abduxoliqov, postanovkachi rejissor Akbar Bekturdiyev, operatorlar Husan Alijonov va Maksim Kurovskiy, montaj ustasi Xurshid Alixo‘jayev, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov.

Filmda rollarni Aysanem Yusupova, Feruza Saidova, Yigitali Mamajonov, Oleg Taktarov, Lapanitsin Sergey, Milana Ivanova va boshqalar ijro qilgan.

Bugun agentlik tashabbusi bilan yurtimiz telekanallarida «O‘zbek qizi» filmining ilk milliy televizion premerasi bo‘lib o‘tadi.

Quyida filmning telekanallardagi premera vaqti bilan tanishishingiz mumkin:

«O‘zbekiston» telekanali soat 18.50da

«Yoshlar» telekanali soat 19.30da

«Toshkent», «Madaniyat va ma’rifat», «Dunyo bo‘ylab», «Mahalla», «O‘zbekiston tarixi», «Kinoteatr», «Renessans» telekanallarida soat 19.00da

«Dasturxon» va «BizTV» telekanallarida soat 20:00 da

«Zo‘r» TV soat 22.00da

«Sevimli» TV soat 22.30da

«MY5» TV soat 22.45da

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring