O‘zbekiston 2031-yilgi Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqchi

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi 2031-yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazish bo‘yicha OFKga nomzodlik taklifini yubordi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2031-yilda Osiyo qit’asining eng nufuzli futbol turniri bo‘lgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshladi.
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda futbol borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar, xalqaro maydondagi nufuzidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada o‘tkazishga ishonch bildirgan holda, o‘z qo‘shma nomzodini ilgari surishdi, deyiladi xabarda.
Bugungi kunda qo‘shni mamlakatlar bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi kabi shaharlarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter