Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 6 oyda 12,6 ming tonna «arab xurmosi»ni import qilgan

O‘zbekiston 6 oyda 12,6 ming tonna «arab xurmosi»ni import qilgan

2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 17 ta davlatdan qiymati 9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 12,6 ming tonna xurmo import qilingan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, xurmo importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,9 ming tonnaga oshgan.

Joriy yilning 7 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p xurmo yetkazib bergan davlatlar:

  • Eron – 9,8 ming tonna
  • Tunis – 810 tonna
  • Turkiya – 396 tonna
  • Saudiya Arabistoni – 245 tonna
  • Qozog‘iston – 230 tonna
  • Ozarbayjon – 224 tonna
  • BAA – 196 tonna
  • Boshqa davlatlar – 624 tonna
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring