Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Afg‘onistondagi dahshatli zilzila yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston Afg‘onistondagi dahshatli zilzila yuzasidan bayonot berdi

Afg‘onistonning Paktika va Xost provinsiyalarida ro‘y bergan zilziza oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohatlangani, shuningdek, jiddiy vayrongarchiliklar kelib chiqqani haqidagi xabarlar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi.

Ushbu hodisada mingga yaqin kishi halok bo‘lgani xabar berildi. 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vaziyat yuzasidan bayonot berdi. 

«Halok bo‘lganlarning oilalariga chin dildan hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz.

O‘zbekiston hukumati tabiiy ofatning fojiali oqibatlarini imkon qadar tez bartaraf etishda birodar Afg‘onistoniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor», deyiladi TIV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring