Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Afg‘onistondagi fojia yuzasidan munosabat bildirdi

O‘zbekiston Afg‘onistondagi fojia yuzasidan munosabat bildirdi

O‘zbekiston tomoni Afg‘onistondagi dahshatli zilzila bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

«Afg‘onistonning g‘arbiy viloyatlarida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga olib kelgan zilzila haqidagi xabar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi.

Zilzila qurbonlarining oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz, afg‘on xalqining qayg‘usiga sherikmiz va jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz.

O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston va uning xalqi bilan bugungi og‘ir damlarda birgadir», deyiladi TIV bayonotida.

Avvalroq Afg‘oniston g‘arbida kuzatilgan yer silkinishlari natijasida qurbon bo‘lganlar soni 2 ming nafarga yetgani ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring